top of page

YXHT DIIHB missiyasi saylovlarni kuzatish uchun O'zbekistonga keladi


MSKning xabar berishicha, YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi missiyasi O'zbekistonga prezident saylovlarini kuzatish uchun keldi. Missiyani Ouen Merfi boshqaradi. Kelasi hafta mamlakatga yana 28 ta kuzatuvchi etib keladi.

"YXHT DIIHBning 11 kishidan iborat prezidentlik saylovlari kuzatuvchilar missiyasining asosiy guruhi O'zbekistonga keldi", - dedi manba.

Unga ko'ra, kelasi hafta mamlakatga yana 28 uzoq muddatli kuzatuvchi keladi va saylovga bir-ikki kun qolganda 250 nafargacha qisqa muddatli kuzatuvchilar kutilmoqda.

YXHT DIIHB talablarini baholash maqsadida may oyida MSK va parlamentda partiyalar va jamoat tashkilotlari bilan bir qator uchrashuvlar o'tkazgan edi. Ushbu tashrif natijalariga ko'ra, prezident saylovlarini kuzatish uchun YXHTning keng ko'lamli missiyasini yuborish tavsiya qilingan edi.

O’zbekistonda nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 20 sentyabrdan boshlanadi.

2 views0 comments

Comments


bottom of page