O’zbekiston milliy jamoasi Xalqaro "ARMI -2021" armiya o'yinlarida 34 musobaqadan 24 tasida qatnashib, tadbir tashkilotchisi bo’lgan Rossiyadan keyin ikkinchi o'rinni egalladi.
O’yinlarda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi terma jamoasi tarixiy natijalarni ko'rsatdi.
Respublika harbiy xizmatchilari hisobida 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallari bor. O'zbekiston harbiylari "Harbiy tibbiy estafetasi", "Dala oshxonasi", kinologlarning "Sodiq do'st" musobaqalarining ayollar va erkaklar tanlovlarida g'olib bo'lishdi.
O’zbekiston harbiylari umumjamoa tasnifda hattoki Xitoyni ham ortda qoldirishdi. Bundan tashqari, O'zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ARMI-2021da birdaniga 10 ta rekordni yangilashdi, Xitoy vakillari 6 ta rekord, Belarus Respublikasi va Hindiston vakillari tomonidan 2 ta rekord qayd etildi.
Global Firepower ma'lumotlariga ko'ra, O’zbekiston armiyasi Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiya hisoblanib, dunyoning eng kuchli 140 davlatlari orasidan 51 -o'rinni egallaydi.
Comments