Bekzod Qurbonov “King Cornet L” laqabli oti bilan turnirning mutlaq chempioniga aylandi.
7-10 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevrosiyo kubogi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Bekzod Qurbonov “King Cornet L” laqabli oti bilan turnirning mutlaq chempioniga aylandi, Umid Kamilov esa “Nero Uno Rafael” laqabli otda kumush medalini qo‘lga kiritdi. Yana bir chavandozimiz A’zam Tolibboyev o‘zining “Lady” laqabli otida faxriy to‘rtinchi o‘rinni band etdi.
So‘nggi yillarda ushbu sport turi, qolaversa, naslchilik va zotdor otlarni ko‘paytirish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amho‘rlik samarasi o‘laroq ot sportida chavandozlarimiz xalqaro maydonda ma’lum yutuqlarga erishishmoqda.
Comments