Tokioda bo'lib o'tgan Paralimpiya-2020 natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi dunyoning 162 mamlakati orasida 16-o'rinni egalladi.
Bu yilgi o’yinlarda 48 nafar o'zbekistonlik paralimpiyachilar qatnashib, jami 19 ta medallarni: 8 oltin, 5 kumush va 6 bronzani qo'lga kiritishdi.
O'zbekiston terma jamoasi Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi Xitoy, Yaponiya va Erondan keyin 4-o'rinni, MDH davlatlari orasida Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan keyin ham 4-o'rinni, Markaziy Osiyoda esa birinchi bo’lishdi.
Comments